Foto: «TASS»
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin bilan Yaponiyada keyingi hafta o‘tadigan «Katta yigirmatalik» (G20) sammitida uchrashishini tasdiqladi, deb xabar berdi «Daryo.uz».
«Men Rossiya bilan kelishmoqchiman va o‘ylashimcha, shunday ham bo‘ladi. Men Xitoy bilan kelishmoqchiman va o‘ylashimcha, shunday ham bo‘ladi. Men ularning ikkisi bilan keyingi hafta Yaponiyada G20 sammitida uchrashaman», degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
«Ular kuchli davlatlar, biz esa juda kuchli davlatmiz», deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
G20’ning navbatdagi sammiti 28—29 iyun kunlari Yaponiyaning yirikligi bo‘yicha 3-raqamli shahri – Osakada bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro tadbirda 30 ming kishi, jumladan «yigirmatalik» davlatlari yetakchilari, delegatsiyalari a’zolari va OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi