Keniyalik yengil atletikachi ayol, doping qo‘llagani uchun diskvalifikatsiya qilingan Shiyeys Chepkosgey erkak bo‘lib chiqdi. Bu aldovni turma nozirlari fosh qilishgan.
Nairobi News nashrining xabar berishicha, Chepkosgey 14 iyunda Keniyadagi klinikalardan birida o‘zini hamshira qilib ko‘rsatib yurgandan keyin hibsga olingan.
Chepkosgey panjara ortiga jo‘natilganda, u aslida erkakligi fosh bo‘lgan. Tibbiy ko‘rikdan keyin esa bu o‘z tasdig‘ini topgan.
Chepkosgeyning yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan pasport va milliy indentifikatsiya kartasi bo‘lgan.
So‘roq vaqtida Chepkosgey erkakligini va sport bilan shug‘ullanishni boshlaganda hujjatlarda o‘zini ayol qilib ko‘rsatganini tan olgan.
Chepkosgey Malayziyadagi yarimmarafonda olingan doping namunasida taqiqlangan testosteron, androsteron va etioxolanon moddalari aniqlangandan keyin 2016 yilda musobaqalardan 4 yilga chetlatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi