09:36 / 24.06.2019
4 731

Eron AQSh armiyasiga tegishli dronni urib tushirdi (video)

Eron AQSh armiyasiga tegishli dronni urib tushirdi (video)
Eron AQSh armiyasiga tegishli bo‘lgan dronni urib tushirganini ma’lum qildi. Ushbu hodisa ikki davlat o‘rtasidagi munosablar tobora keskinlashib borayotgan jarayonda yuz bergani xalaqaro miqiyosda xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

Eron OAV xabarlariga ko‘ra, voqea bugun erta tongda Fors ko‘rfazida ro‘y bergan. Rasmiy Tehron Amerika armiyasiga tegishli bo‘lgan dron mamlakat havo hududini buzib kirganligini ta’kidlamoqda. RQ-4 Global Hawk droni Eronning Ho‘rmuzgon viloyati hududida urib tushirilgan. Ushbu hodisa yuzasidan bayonot bergan Pentagon uchuvchisiz qurilma xalqaro havo hududida Eron raketasi bilan urib tushirilganini ta’kidlayapti.

Ummon ko‘rfazida neft tankerlariga uyushtirilgan hujm ortidan ikki davlat munosabatlari tobora keskinlashib bormoqda. Rasmiy Vashington Tehronni ushbu hujumga aloqadorlikda ayblamoqda. Buning ortidan AQSh mintaqadagi o‘z harbiy kuchlarining sonini oshirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron AQSh armiyasiga tegishli dronni urib tushirdi (video)