
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi 28 iyun kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga bir soat vaqt ajratilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda strategik barqarorlik masalalari, Suriya, Afg‘oniston, Venesuela, Ukrainadagi mintaqaviy nizolar mavzulari muhokama qilinadi. Davlat rahbarlari shuningdek, Eron muammosini ham muhokama qilishadi.
Kreml vakili ko‘p narsa prezidentlarning suhbatni qanday qurishlariga bog‘liq ekanligini qo‘shib qo‘ydi.
G20 sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28 iyun kuni boshlanadi.
RossiyaAQShUchrashuvStrategik BarqarorlikMintaqaviy NizolarEron Muammosi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar