date

Germaniya prezidenti bilan uchrashuv vaqtida Merkelni yana qaltiroq tutdi (video)

Germaniya prezidenti bilan uchrashuv vaqtida Merkelni yana qaltiroq tutdi (video)
Foto: Reuters
Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zini yana yomon his qildi. Mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuv chog‘ida uni kuchli qaltiroq tutgan. Bu haqda «Liga Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Avvalroq ham kansler bilan ana shunday holat yuz bergandi. Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida titroq ostida qolgandi. Berlinda bo‘lib o‘tgan marosimda Merkelni to‘satdan titroq bosgan, u titroqni bosish uchun qo‘llarining holatini bir necha bor o‘zgartirgandi.

Merkel uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida tobi qochishiga organizmning suvsizlanishi sabab bo‘lganini, bir necha shisha suv ichgach o‘zini yaxshi his qila boshlaganligini aytgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya prezidenti bilan uchrashuv vaqtida Merkelni yana qaltiroq tutdi (video)