date
views 4 372

Koinot paydo bo‘lishining butun tarixi 10 daqiqalik videoda ko‘rsatib berildi (video)

Koinot paydo bo‘lishining butun tarixi 10 daqiqalik videoda ko‘rsatib berildi (video)
Koinot tarixi qariyb 14 milliard yil avvalga borib taqaladi. Amerikalik rejissyor va montajchi Jon Bozvell uning eng muhim hodisalarini qisqa videorolikda ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi National Geographic'ga asoslanib Daryo nashri.

Video Koinot evolyutsiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, Katta portlash va ilk yulduzlarning shakllanishi, galaktika, qora tuynuklar va o‘ta yangi yulduzlarning paydo bo‘lishidan boshlanadi. Jon rolikda hujjatli va ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar kadrlaridan, shu jumladan, NASA materiallaridan foydalanadi.

Rolikning har bir soniyasi 22 million yilni o‘z ichiga oladi. Bunday masshtablashtirishda Quyosh va Quyosh tizimi filmning to‘rtinchi daqiqasidagina paydo bo‘ladi, butun insoniyat tarixi esa bir soniyadan kamroq vaqtni oladi. «Bu Koinotimiz qanchalik ulug‘vor yoshda, o‘zimiz esa qanchalik yosh ekanligimizni tushunish imkonini beradi», — deydi muallif.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koinot paydo bo‘lishining butun tarixi 10 daqiqalik videoda ko‘rsatib berildi (video)