11:30 / 06.07.2019
5 606

Hindistonda “murda” tirilib ketdi

Hindistonda “murda” tirilib ketdi
Hindistonning Lakxnau shahrida bir erkak tiriklayin dafn qilinishiga bir baxya qoldi. Bu haqda NDTV portaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Furkan Muhammad yo‘l-transport hodisasiga uchragach, xususiy klinikaga yetkazilgan. Jabrlanuvchining ukasi Irfon Muhammadning aytishicha, uning oilasi akasining davolanishi uchun 3 kunga 700 ming rupiy to‘lagan.

“Bizda pul yo‘qligini aytganimizdan keyin ular akamni o‘lgan deb e’lon qilishdi”, deb aytgan Muhammad.

Shundan keyin erkakning yaqinlari uning dafnini tashkillashtirishgan. Biroq dafn marosimi vaqtida ba’zilar murdaning qo‘l-oyoqlari qimirlayotganini sezib qolishgan. Shundan keyin erkak darhol shifoxonaga yetkazilgan va u yerda shifokorlar erkakning tirik ekanligini tasdiqlashgan. Erkak darhol o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmasiga ulangan.

“Bemor og‘ir ahvolda edi, u aniq o‘lmagan. Unda puls, qon bosimi bor, reflekslar ishlamoqda”, deb aytgan shifokor.

Ta’kidlanishicha, ushbu voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda “murda” tirilib ketdi