
Turkiyaning Bolu viloyatida politsiya xodimlari mashina ichidan yadro quroli uchun jangovar kallaklar ishlab chiqarishda foydalaniladigan kaliforniy radioaktiv moddasini topdi. Bu haqda viloyat ma’muriyati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Otaturk parki hududida mashinani to‘xtatishgan va uning ichida 18,01 gramm kaliforniy moddasi borligini aniqlashgan.
"Qiymati 72 mln dollar deb baholanayotgan ushbu modda o‘rganish uchun Turkiya yadro energiyasi kengashiga jo‘natildi", — deb ma’lum qildi ma’muriyat.
Qayd etilishicha, mazkur ish bo‘yicha besh kishi qo‘lga olingan.
TurkiyaBolu viloyatiYadro QuroliKontrabandaJinoyatchilikka QarshiKaliforniy Moddasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar