Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi Yevroparlament binosi oldida yuzlab uyg‘urlar va turklar Xitoyning Sharqiy Turkistonda olib borayotgan siyosatiga norozilik bildirib namoyish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Azon» nashri.
«Uyg‘ur inson huquqlari loyihasi» muassasasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu namoyishda turk va ozar fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Namoyishchilar «Xitoy amalga oshirayotgan etnik tozalash to‘xtatilsin», «Uyg‘urlarni qutqaring!» kabi shiorlar bilan Xitoyning Sharqiy Turkistondagi siyosatini tanqid qildilar.
Ma’lumot uchun, «Uyg‘ur inson huquqlari loyihasi» 2004 yilda «Amerika uyg‘urlari birligi» tashkiloti tomonidan Xitoy hukumati zulmi ostida bo‘lgan uyg‘urlarni himoya qilish uchun tashkil qilingan. Rasmiy statisik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 30 million musulmon bor va ularning 23 millioni uyg‘urlardir. Lekin rasmiy bo‘lmagan statistikada mamlakat aholisning 9,5 foizi, ya’ni 100 millioni musulmon ekani aytiladi.
Xitoy 1949 yildan buyon musulmon uyg‘urlarning vatani bo‘lgan Sharqiy Turkistonni qo‘l ostida saqlab keladi. Xitoy hukumati u yerga Shinjon, ya’ni yangi chegara deb nom bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi