07:40 / 10.07.2019
3 053

Lionel Messining restorani 15 kun davomida uysizlarga tekin ovqat tarqatadi

Lionel Messining restorani 15 kun davomida uysizlarga tekin ovqat tarqatadi
Foto: Google Images
Argentinaning Rosario shahrida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va uning oilasiga qarashli restoran uysizlar uchun xayriya tashkil etmoqda. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Argentinada ob-havoning sovib ketishi natijasida muhtojlarga yordam ko‘rsatildi. O‘tgan haftaning juma kunidan boshlab Messining VIP nomli restorani odamlarga issiq taom ulashib kelmoqda.

«Bundan tashqari biz ularga qaynoqqina kofe hamda alkogolsiz ichimliklar berdik.
Ko‘plab odamlar tashrif buyurdi va ular o‘zlarini ancha qadrlangandek his qildi»
, — dedi restoran boshqaruvchisi Ariel Almada.

Ma’lumot uchun, mazkur xayriya tadbiri 15 kun davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lionel Messining restorani 15 kun davomida uysizlarga tekin ovqat tarqatadi