Bortida 7 tonna giyohvand modda olib ketayotgan suv osti kemasining ushlanishi videosi e’lon qilindi. ABC 7 telekanalining xabar berishicha, voqea 18 iyunda Tinch okeani xalqaro suvlarida yuz bergan.
AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimlari kemani ta’qib qilib, u suv sirtida ko‘rinishi bilan unga sakrab chiqib olishgan va asosiy lyukiga ura boshlashgan. Birozdan keyin lyuk ochilgan va unda qo‘llarini ko‘targan erkak ko‘ringan. Erkak qaysi davlatdan ekanligi ma’lum qilinmagan.
Ta’kidlanishicha, ko‘rsatilgan lavhalar katta operatsiyaning bir qismigina bo‘lib, sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati uning davomida 14 ta turli kemadan 17 tonnadan ko‘proq kokain va 423 kg marixuana musodara qilgan. Qo‘lga kiritilgan giyohvand moddalarning umumiy qiymati 570 mln dollarga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?