date

Argentinada 17 yoshli darvozabon penaltini qaytarib vafot etdi

Argentinada 17 yoshli darvozabon penaltini qaytarib vafot etdi
Foto: Futbolchining shaxsiy arxividan
Argentinada Shimoliy mintaqaviy futbol ligasi o‘yinlaridan biri fojiali tarzda yakunlandi, deya xabar berdi Daryo nashri.

Manbaga ko‘ra, Ramon Ismoil Koronel ismli 17 yoshli darvozabon darvozasiga belgilangan penaltini ko‘kragi bilan qaytaradi. Shundan so‘ng u g‘alabani nishonlash uchun jamoadoshlari bilan yuguradi. Kutilmaganda Ramon yerga qulaydi.

O‘yinda tibbiy xodimlar yo‘qligi sababli futbolchini muxlislardan birining avtomashinasida hushsiz holatda kasalxonaga yuboriladi. Biroq Koronel shifoxonaga yetib bormay vafot etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, yosh futbolchining o‘limiga ko‘krak qafas tizimidagi muammolar sabab bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Argentinada 17 yoshli darvozabon penaltini qaytarib vafot etdi