18:50 / 16.07.2019
2 751

Hindistonda suv toshqinlari sababli 3 milliondan ortiq kishi uylarini tark etdi

Hindistonda suv toshqinlari sababli 3 milliondan ortiq kishi uylarini tark etdi
Hindiston shimoli va shimoli-sharqida musson yomg‘irlari yog‘ishi oqibatida yuz bergan suv toshqinlari sababli 3 mlndan ortiq kishi o‘z uylarini tark etdi.

"Bi-bi-si" xabariga ko‘ra, Hindiston, Bangladesh va Nepalda suv toshqinlari natijasida 130 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Yomg‘irlar sababli bu uch davlat hududidan oqib o‘tuvchi Braxmaputra daryosi toshib ketgan va Hindistonning Assam shtatida 1800 dan ortiq qishloq suv ostida qolgan.

Mussonlar mavsumi iyundan sentyabrgacha davom etadi. O‘tgan yili yuz bergan suv toshqinlari oqibatida hududda 1200 dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda suv toshqinlari sababli 3 milliondan ortiq kishi uylarini tark etdi