
Britaniyalik musulmonlar guruhi Haj amalini ado qilish uchun London shahridan Saudiya Arabistoniga qarab velosipedlarda yo‘lga chiqishdi. Bu haqda «Islam i semya»ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Safar davomida 8 nafar erkak 6,5 ming kilometr masofani bosib, 17 mamlakat hududidan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Ular o‘z guruhini Tour de Haj deb nomlashgan. Velosipedchilar 7 iyun kuni Londondan safarga chiqishgan va 60 kun ichida Madinaga yetib borishni rejalashtirmoqdalar.
15 iyul kuni ular Turkiyaning Istanbul shahriga yetib kelishdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ularni Do‘lmabaxchedagi qarorgohida qabul qildi, so‘ngra ular bilan suratga tushdi.
Britaniyalik musulmonlar Istanbul, Bursa va Ko‘nyo shahridagi tarixiy, diniy qadamjolarni ziyorat qilishadi. So‘ngra samolyotda Misrga yo‘l olishadi, chunki Iroq va Suriya orqali o‘tish imkoniyati yo‘q. Misrga borgach, sayohatni yana velosipedda davom ettirib, Saudiya Arabistoniga yetib olishadi.
Britaniyalik MusulmonlarHaj AmaliVelosipedda SafarTour de HajIstanbul ShahridaSaudiya Arabistoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar