
Foto: Rossiya Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti
Arxeologlar Novgorodni mo‘g‘ullar davriga qadar boshqargan boyarlarning qoldiqlari bo‘lgan toshdan yasalgan sarkofaglarini topdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
Olimlar har biri oltita plitadan iborat oltita sarkofagni Georgiyevskiy soboridan topgan. Sarkofaglar uch qator qilib qo‘yilgan bo‘lib, olimlarning taxminiga ko‘ra, XII asrda ularning tomi ibodatxona eshigiga o‘ziga hos zina vazifasini o‘tagan.
Arxeologlar buni noyob topilma deb baholagan. Har bir sarkofagdan 50 yoshlar atrofidagi bir nechta novgorodliklarning qoldiqlari topilgan.
Arxeologlarning ta’kidlashicha, bo‘g‘imlarning yomon bo‘lib ketganiga qaramay, ularning tishlari juda yaxshi saqlangan. Bu esa ularning hayot darajasi yuqori bo‘lgan zodagonlarga mansubligini bildiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar