Saudiya Arabistoni hukumati tayyor bo‘lsa, Eron muzokaralarga o‘tkazishga shay. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif shunday bayonot bergan. Bu haqda Reuters agentligiga asoslanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Saudiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Yaqin Sharqda ustunlikni qo‘lga kiritishga harakat natijasida keskinlashgan edi. Ar-Riyod Fors ko‘rfazida Saudiyaning 6 neft tashuvchi tankeriga zarar yetgan hujumda Eronni ayblagan, Tehron buni rad etgan edi.
«Agar Saudiya Arabistoni muloqotga tayyor bo‘lsa, biz qo‘shnilarimiz bilan muloqotga har doim tayyormiz, - degan Zarif. – Biz hech qachon qo‘shnilarimiz bilan muloqotga eshiklarimizni yopmaganmiz va hech qachon yopmaymiz».
Zarif, shuningdek, Eron xuddi shunday muzokaralarni BAA bilan ham o‘tkazishi mumkinligini aytgan.Uning qo‘shimcha qilishicha, «agar ular siyosatini o‘zgartirsa, muloqot uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘lar edi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi