AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha Amerika ommaviy axborot vositalari yolg‘on axborot tarqatib mamlakat ichida keskin vaziyat paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. U Twitter sahifasida shunday fikr bildirdi.
"Mamlakatimizdagi fuqarolar hayoti va xavfsizligi borasida ulkan mas’uliyat OAV zimmasida. Yolg‘on xabarlar ko‘p yillardan buyon nafrat va g‘azab qo‘zg‘alishiga sezilarli darajada sababchi bo‘ldi. Yangiliklar haqqoniy, xolis yoritilishi va bir tomonlama bo‘lmasligi lozim, aks holda muammolar faqat kuchayadi", - deb yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Chikagodagi parkda joylashgan bolalar maydonchasida otishma sodir etilishi natijasida yetti kishi jarohatlandi.
Avvalroq esa El-Paso shahridagi (Texas shtati) supermarketda sodir etilgan otishmada 20 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangandi.
Keyinroq esa Ohayo shtatidagi Deyton shahrida otishma sodir bo‘ldi. Dayton Daily News gazetasining xabar berishicha, otishmada yetti kishi qurbon bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi