Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi.
Xabar qilinishicha, shoshilinch yig‘ilishda bosh shtab boshlig‘i – Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Ruslan Xomchak, prezident ofisi rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka, milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Danilyuk hamda harbiy razvedka vakillari qatnashgan.
Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu masalada telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi.
"Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashdim. Unga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qildim. Bu bizni tinchlikka yaqinlashtirmasligini aytdim", dedi u.
Ukraina prezidenti Rossiya rahbaridan "qotilliklarni to‘xtatish uchun narigi tarafga ta’sir o‘tkazish"ni so‘raganligini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi Donbassda 12 soat ichida to‘rt nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi