Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida maxsus amaliyot boshlandi. Kaktus Media nashri jarayon videosini e’lon qildi.
Sobiq prezidentga yaqin manbalarning xabar berishicha, uning uyi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylar tomonidan qamal qilingan va otishma boshlangan. Atamboyevning dala hovlisida uning tarafdorlari va jurnalistlar to‘plangan. Otishma boshlangach, o‘nlab kishi jarohat olgani aytilmoqda. Jarohatlanganlarga tibbiy xodimlar yordam ko‘rsatmoqda.
Xabar qilinishicha, uy yaqiniga maxsus texnika va vertolyot keltirilgan.
Mamlakatning sobiq prezidentiga umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda. Uni hokimiyatni uzurpatsiya qilishda (hokimiyatni yoki birovning huquqini qonunga xilof ravishda tortib olish) va Bishkek IES modernizatsiyasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yishda ayblashmoqda.
27 iyun kuni Qirg‘iziston parlamenti Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum etgandi. Sobiq prezident 5ta jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinmoqda va shu vaqtga qadar bir necha marta guvoh tariqasida so‘roqqa chaqirildi, ammo u IIV tergov boshqarmasiga bormadi.
Qirg‘iziston IIV jinoiy avtoritet Aziz Batukayev ozod qilinishi bo‘yicha ishni tergov qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi