Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz ikki muqaddas masjid mehmonlari, hukumat amaldorlari, delegatsiya rahbarlari va ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatadigan idora rahbarlari uchun qabul marosimini o‘tkazdi.
Mazkur tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj-2019” ishchi guruhi rahbari Jasur Akramov, O‘zbekistonning Saudiyadagi elchisi U.Maqsudov hamda qirol mehmoni sifatida N.Nodirov ishtirok etdi.
Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi.
Salmon bin Abdulaziz nutq so‘zlab, jumladan, shunday dedi:
—Xudo Saudiya Arabistoni podshohligini Ikki muqaddas masjidga va Rahmon mehmonlari — hojilarga xizmat qilish bilan sharafladi, bu biz uchun g‘ururdir. Qirol Abdulaziz davridan boshlab, to bugungacha dunyo musulmonlari Haj ibodatini qulay sharoitlarda, mukammal ado etishlari uchun barcha kuch g‘ayratimizni sarflayapmiz. Allohdan amallaringizni qabul bo‘lishini, eson-omon o‘z yurtingizga yetib olishingizni so‘rayman.
Shuningdek, tadbirda Haj va Umra vaziri doktor Muhammad Solih so‘zga chiqib, ziyoratchilar va butun dunyo musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.
U o‘z nutqida dunyoning 130 dan ortiq mamlakatidan kelgan 170 dan oshiq millat va elat vakillaridan iborat 3 millionga yaqin inson Arafotda hozir bo‘lganini, ularning uchdan bir qismi 70 yoshdan oshgan qariyalar ekanini aytib o‘tdi.
Tadbirda shahzoda Muhammad bin Salmon nazorati ostida hojilarning haj amallarini bajarish va xavfsizligini ta’minlash masalasi podshohlikning doimiy e’tiborida ekani ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
“Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar