3 406
Raisa Atambayeva: "Oila a’zolarimiz va yaqinlarimiz ta’qib qilinmoqda, qiynoqqa solinmoqda" (video)
Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atambayevning rafiqasi Raisa Atambayeva oila a’zolari va yaqinlari ommaviy ta’qib qilinayotganini ma’lum qildi. Sputnik’ning yozishicha, bu haqda u 16 avgust kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosi oldida jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Raisa Atambayevning so‘zlariga qaraganda, hozirda Atambayevning tarafdorlari, oila a’zolari va yaqin qarindoshlari yoppasiga ta’’ib ostiga olingan. Atambayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Seyitbek vahshiylarcha kaltaklangan va uni har kuni so‘roqqa chaqirishadi.
Uning ma’lum qilishicha, «Ala-Archa» davlat qarorgohidagi uy-joy ham muhrlangan. Bundan tashqari, 2002 yilda ochilgan oila hisobi esa hibsga olingan. Atambayeva hozirda ular yashab turgan yagona uyni hukumat olib qo‘yishidan tashvishlanmoqda.
«Hozirgina menga nisbatan Arabayev ishi bo‘yicha jinoiy ish ochishayotganini bildim. Men hech qachon sudyalar ishiga aralashmaganman. Siyosat nopok ish ekanini bilardim va hech qachon unga aralashmaslikka harakat qilardim. Men hatto qaysi sud qayerda joylashgani bilmayman, hech bir sudyani tanimayman», — degan Raisa Atambayeva.
Qirg‘iziston prezidenti apparatining sud islohoti va qonuniyligi bo‘limining sobiq rahbari Manas Arabayev joriy yil yozida qo‘lga olingan. U korrupsiyada ayblanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?