
Sankt-Peterburgdagi bozorda travmatik qurol ishlatish holati kuzatilgan ommaviy mushtlashuv yuz berdi, uch ishtirokchi jarohat oldi. Bu haqda Kun.uz TASSga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar kasalxonaga olib ketilgan. Ta’kidlanishicha, savdo joyi uchun kelib chiqqan bahs mojaroga sabab bo‘lgan.
«Svobodnaya pressa» xabariga ko‘ra, mushtlashuvda umumiy soni kamida sakkiz kishidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston va Ozarboyjon fuqarolari ishtirok etgan.
Politsiyadan ma’lum qilishlaricha, mojaro davomida travmatik qurol ishlatilgan. «Fontanka»ning yozishicha, janjal ishtirokchilaridan biri raqiblariga bita bilan hujum qilgan.

Foto: VKontakte / spb_today
Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Sankt-PeterburgO‘zbekistonOzarboyjonMushtlashuvTravmatik QurolPolitsiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar