
Foto: Newsweek
2018-yilning aprelida Falcon Heavy raketasi orqali kosmosga uchirilgan Tesla Roadster sport avtomobili va uning rulida oʻtirgan Starman manekeni elliptik orbita boʻyicha birinchi bor Quyosh atrofini aylanib chiqdi, deb xabar beradi Daryo nashri.
Tesla Roadster shunchaki SpaceX raketa tashuvchisining imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida koinotga uchirilgan edi. Elektromobil Falcon Heavyʻning ikkinchi suyri qismiga oʻrnatilgan. Manekenga skafandr kiydirilib, haydovchining joyiga oʻrnatilgan va 6-fevral kuni Yer orbitasiga chiqarilgan.
Shundan buyon Roadster soatiga 42 ming kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Quyosh atrofida aylanib chiqqan mashina Marsga yaqinlashmoqda.

Foto: Newsweek
Oktyabr oyida elektromobil “Qizil sayyora”ga 7,5 million kilometr masofada yaqinlashgan edi. Sportkar oʻz missiyasini, yaʼni Falcon Heavy foydali yukni kosmosga uchira olishini isbotlab berganiga qaramay, u yana uzoq yillar koinotga sayohat qilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar