9 yoshli xitoylik qiz Chjou Ixan Xitoyning Xaynan oroli va qit’adagi Guandun viloyatini ajratib turuvchi Syunchjou bo‘g‘ozini suzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan eng yosh suzuvchi bo‘ldi.
Qiz 26,7 kmlik masofani 13 soatda mustaqil ravishda suzib o‘ta oldi. Uning urinishi haqiqatan murakkab bo‘lgan – sportchini meduzalar chaqqan va kuchli oqim olib ketgan.
“Meduza meni boshlang‘ich nuqtadan bir kilometr narida birinchi marta chaqdi. Bu 20 martadan ko‘proq yuz berdi va biroz tashvishlantirdi. Mening murabbiyim va otam meduzalarni haydash uchun navbati bilan oldimda suzib borishdi”, deb aytgan qizcha.
Ixan bilan bo‘g‘ozni yana 9 katta yoshli odam suzib o‘tishga uringan. Biroq ulardan 3 nafarigina buning uddasidan chiqqan. Har bir ishtirokchi ortidan kater kuzatib borgan, biroq unga ko‘tarilish taqiqlangan bo‘lgan.
Qizning otasi katerlardan birida bo‘lgan, u qizini bir necha marta to‘xtashga chaqirgan, biroq Ixan matonat bilan suzishda davom etgan. Aynan otasi unga o‘rnak bo‘lgan: u 2018 yilda ushbu bo‘g‘ozni 8 soatda suzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Yosh sportchiga 3 soat kamroq vaqt talab etilishi kutilgandi, biroq ko‘plab g‘ovlar sababli suzish cho‘zilib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin