
Foto: Reuters
Rossiya agar "Katta sakkizlik"ka taklif qilishsa bu taklifni qabul qiladi, ammo o‘zi bu haqda iltimos qilmaydi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvda.
"Ular buni iltimos qilishini kutmagan bo‘lardim. U (Vladimir Putin) mag‘rur odam, nega iltimos qilsin?" – dedi Tramp jurnalistlarga.
U Rossiya prezidentini 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif qilishini aytdi.
"Uni taklif qilamanmi? Albatta taklif qilaman. U, ruhiy jihatdan, kela oladimi? Menimcha, bu uning uchun qiyin ish", - dedi Donald Tramp. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar