Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov bilan ishchi uchrashuvida respublikada Yevropadagi eng katta masjidning ochilish marosimi qanday o‘tgani bilan qiziqdi. Uchrashuv stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Qodirov islom dunyosini qo‘llab-quvvatlagani uchun Putinga minnatdorlik bildirdi. Putin undan yangi masjid haqiqatan Yevropada eng katta masjid ekanligini so‘radi va Checheniston rahbari bu savolga tasdiq javobini berdi hamda u «dunyodagi eng chiroyli masjid» ekanligini qo‘shib qo‘ydi.
«Dunyodagi eng chiroyli masjid Peterburgda», — deya e’tiroz bildirdi Putin.
«Siz bilan bahslashmayman, Vladimir Vladimirovich», — javob qaytardi Qodirov.
23 avgust, juma kuni Chechenistonning Shali shahrida Yevropadagi eng katta masjid ochildi. Uning binosi ichiga 30 ming kishi sig‘adi va masjid hududida bir vaqtning o‘zida 70 mingga yaqin kishi ibodat qilishi mumkin.
Sankt-Peterburg jome masjidi o‘tgan asrning boshlarida qurilgan va Rossiya imperiyasining bosh masjidi bo‘lgan. Masjid 1940 yilda «Xudosizlar uyushmasi» sa’y-harakatlari bilan yopib qo‘yilgan va 1955 yilda dindorlar ixtiyoriga qaytarilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi