22:50 / 03.09.2019
2 962

Tramp London meri bilan dahanaki jangga kirishdi

Tramp London meri bilan dahanaki jangga kirishdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda London meri Sodiq xon bilan dahanaki jangga kirishdi. Xon Trampni Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun Polshaga belgilangan safarini bekor qilgani uchun tanqid qilgandi.

Avvalroq Tramp “Dorian” dovuli oqibatlarini bartaraf etishdagi ishlarga boshchilik qilishi zarurligi vaji bilan Polshaga safarini bekor qilgandi. Polshadagi tadbirlarda ishtirok etgan London meri Politico nashriga bergan intervyuda AQSh prezidenti Polshaga “o‘ta mashg‘ulligi – golf maydonida dovul bilan kurashgani” uchun kelolmagani zaharxandalik bilan aytgan.

“Londonning nokompetent meri Sodiq Xon men kecha birrov golf partiyasini o‘ynaganimdan tashvish bildirgan”, deb aytgan Tramp. Bundan tashqari, u Xonning ismini xatolar bilan (Sadiq Khan o‘rniga Sadique Kahn) yozgan.

Trampning ta’kidlashicha, boshqalar soatlab yoki haftalab golf o‘ynagani borgan bir vaqtda u o‘ziga tegishli maydonlardan biriga birrov kirib o‘tadi. “Juda arzon, prezident Obama buning uchun Gavayiga borgan bo‘lardi”, deb aytgan Tramp.

Avval AQShning amaldagi prezidenti o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamani golf o‘ynagani qimmatbaho safarlarga borishi uchun tanqid qilgan. Trampning tanqidchilari esa u prezident bo‘lganidan keyin soliq to‘lovchilar uning hordig‘i vaqtidagi xavfsizligini ta’minlashga va yo‘l xarajatlari uchun millionlab dollar sarflashlariga to‘g‘ri kelayotganini aytishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp London meri bilan dahanaki jangga kirishdi