Amerikalik erkak «Dorian» to‘fonidan qo‘rqib, mashinasini uyining oshxonasiga yashirdi (foto)

Amerikalik erkak «Dorian» to‘fonidan qo‘rqib, mashinasini uyining oshxonasiga yashirdi (foto)
Amerikaning Jeksonvil shahrida yashovchi Patrik Elrij yaqinlashib kelayotgan «Dorian» to‘foni Smart avtomobiliga zarar yetkazishidan qo‘rqib, mashinani oshxonasiga yashirdi, deb yozadi Daryo.uz.

Elrijning garajida rafiqasining avtomobili turargandi. U tartibsizlikni bartaraf etib, avtomobiliga joy ochishni istamay, avtomobilini uyi oshxonasiga kirish eshigi orqali olib kirgan.
Amerikalik erkak «Dorian» to‘fonidan qo‘rqib, mashinasini uyining oshxonasiga yashirdi (foto)
Elrijning rafiqasi Jessikaning so‘zlariga ko‘ra, mashina oshxonada uncha katta joyni olmagan.

«Umid qilamanki, shamol tinishi bilan turmush o‘rtog‘im mashinasini tashqariga olib chiqadi. Oshxonada joy bor, harakatlanishimga xalaqit bermayapti, biroq mening itlarim nima bo‘layotganiga tushunmayapti», — deydi Jessika.
Amerikalik erkak «Dorian» to‘fonidan qo‘rqib, mashinasini uyining oshxonasiga yashirdi (foto)
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar