
Foto: «Nur.kz»
Xitoyga tashrifi arafasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ushbu mamlakatning CCTV telekanaliga intervyu berdi.
Rolikdan (1:07-daqiqasidan boshlab) qo‘shni davlat rahbarining xitoychada bemalol so‘zlashganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun: Qosim-Jomart Toqayev — poliglot (ko‘p tillarni biladi), qozoq tili bilan birga, rus, ingliz, fransuz va xitoy tillarida bemalol so‘zlashadi.
Eslatib o‘tamiz, 11-12 sentyabr kunlari Qosim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib, qator tadbirlarda qatnashgan, xususan, XXR raisi Si Szinpin uchrashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing