Foto: «RBK»
AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Jozef Danford NATO endi Rossiyaga nisbatan harbiy ustunlikka ega emasligini qayd etdi. U ittifoqni may oyida tanishtirilgan yangi strategiya ustida ishlashga chaqirdi. Bu haqda Pentagon rasmiy saytiga asoslanib «Kommersant’» xabar qildi.
«Rossiya NATOning raqobatchisi va u ittifoqdan ustunligini namoyish eta oldi», — deya ta’kidlagan Danford Sloveniyada bo‘lib o‘tgan NATOning harbiy qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlar bilan o‘tkazilgan suhbatda.
Generalning so‘zlariga ko‘ra, NATO rahbariyati kuchlar nisbati o‘zgarganini tan oldi.
«Biz NATO doirasidagi rejalarimiz, shuningdek, rivojlanish yo‘lidagi jamoaviy harakatlarni kelishib olamiz», — deydi Danford.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr boshida Pentagon rahbari Mark Esper Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiyani Yevropadan uzoqlashtirmaslik haqidagi so‘zlariga izoh bergan va Rossiyani jahon maydonida o‘zini «normal mamlakat» kabi tutishga chaqirgandi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bunga javoban davlatning hozircha «normal bo‘lmagan» mamlakat bo‘lishda davom etishini bildirgandi.
19 avgust kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan uchrashgan va muzokaralar chog‘ida Rossiyaning «haqiqiy Yevropa mamlakati» ekanligiga hamda «Lissabondan Vladivostokkacha» Yevropaga ishonishini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi