«Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bolaligida ko‘p och qolganini so‘zlab berdi. U «Sporting» akademiyasida o‘qigan vaqtlarda jamoadoshlari bilan «Makdonalds» tamaddixonalariga borib, ortib qolgan ovqatlarni berishlarini so‘raganini tan olgan.
Ronalduning eslashicha, o‘sha vaqtlarda u 12 yosh edi va puli bo‘lmasdi. Shu sababli do‘stlari bilan tunlari «Makdonalds» tamaddixonalariga borib, xodimlardan ortib qolgan ovqatlarni berishlarini so‘rardi. «Men Lissabonda yashardim. U yerda Portugaliyaning turli joylaridan kelgan bolalar bor edi. Oiladan uzoqda bo‘lish juda og‘ir edi», — deydi hujumchi.
Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida unga yordam bergan ayollar bilan uchrashish niyati borligini intervyu davomida aytib o‘tgan.
Shundan so‘ng «Makdonalds» tamaddixonasida ishlaydigan Paula Leka o‘z vaqtida «Lissabon» akademiyasi tarbiyalanuvchilarini tekin burger bilan siylaganini tan oldi. Lekaning aytishicha, Ronaldu tengdoshlari orasida juda kamtar bo‘lgan. «Agar u meni kechki ovqatga taklif etsa, bajonidil rozi bo‘lardim. Biz birga o‘tirib, o‘sha davrlarni eslardik», — deydi Paula Leka.
Paulaning aytishicha, u bu voqeani o‘g‘liga aytib berganda, u ishonishni istamagan. «Uning aytishicha, bu yolg‘on ekan. U o‘z onasi bir vaqtlar Ronalduni siylaganini tasavvur etishi ham qiyin», — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi