Foto: «Asia Plus»
Tojikistonning markaziy va janubiy tumanlarini qum bo‘roni qurshab oldi. Meteorologlarning xabar berishicha, «qum qamali» 25 sentyabrgacha davom etishi mumkin.
Yo‘llarni ko‘rish darajasi 200−700 metr atrofida. Shifokorlar qum bo‘ronlari allergiya va astma, yurak-qon tomir xastaliklariga chalinganlar uchun xavfli deyishmoqda va shu kunlarda niqoblardan foydalanish, burunni namakobda chayib turishni tavsiya etishmoqda.
«Asia Plus» yozishicha, Tojikistonda havoning changdan ifloslanishiga «afg‘on shamoli» aybdor. Janubi-g‘arbdan kirib keluvchi bu kuchli shamol bir necha soatdan bir necha kungacha esib, Amudaryo, Sirdaryo, Vaxsh daryolari vodiylariga qum bo‘ronlarini, hatto jalani boshlab kelishi mumkin.
Afg‘onistonning o‘zida bu shamolni «qora bo‘ron» deyishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi