Pokiston bosh vaziri Imron Xon Islomobodning 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin AQShning Afg‘onistondagi operatsiyasida ishtirok etishini “mamlakatining eng katta xatosi” deb hisoblashini aytdi.
“Biz betaraf bo‘lib qolishimiz kerak edi. Pokiston 11 sentyabrdan keyin AQShga qo‘shilib, eng katta xatolaridan birini sodir etgan”, deb aytgan Xon Nyu-Yorkda xalqaro munosabatlar kengashidagi chiqishida.
Xon xato AQSh va Pokiston Afg‘onistonda 1980-yillarda sobiq ittifoqqa qarshi tayyorlangan kuchlarga qarshi kurashganidan iboratligini aytgan.
“Men boshidan bunga [Afg‘onistondagi operatsiya] qarshi bo‘lganman. Dastlab biz bu yigitlarni jihod qilish uchun tayyorlaganmiz va bu ajoyib g‘oya bo‘lgan, endi esa biz shu guruhlarga buni terrorchilik demoqdamiz”, deb aytgan Pokiston bosh vaziri. U Afg‘onistondagi ixtilofni harbiy yo‘l bilan hal qilishni istiqbolsiz deb atagan, chunki bundan Afg‘oniston tarixi darak beradi.
Xonning aytishicha, Pokiston AQShning Afg‘onistondagi amaliyoti sababli 200 mlrd dollargacha yo‘qotgan. Bundan tashqari, mamlakat 2,7 mln afg‘on qochqinini qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan.
AQSh va uning ittifoqdoshlari 2001 yildan beri Afg‘onistonda “Tolibon” harakati va boshqa guruhlar, jumladan IShID va “Al-qoida”ga qarshi operatsiya o‘tkazib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi