Tataristonning Bugulma shahrida ikki qiz 19 yoshli talaba yigitni zo‘rladi. Bu haqda "Tatarstan-24" portaliga tayanib Sof.uz xabar qildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, jabrlanuvchining 22 yoshli tanishi smartfonini tuzatib berish uchun uyiga taklif qiladi. Kvartirada qizning 32 yoshli dugonasi ham bo‘ladi.
Talaba yigit telefonni tuzatib, egasiga qaytarganda, iPhone ekranida ozgina yoriq paydo bo‘lganini ko‘rgan qiz undan kompensatsiya uchun 3000 rubl talab qiladi.
Talaba rad javobini berganidan so‘ng, qizlar uni urib, yigitga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik o‘tkazishadi va hodisani iPhone kamerasida videoga olishadi. Agar pulni bermasang, buni internetga chiqarib yuboramiz deb tahdid qilishadi.
Jabrlanuvchi militsiyaga murojaat qiladi. Uning aytishicha, telefondagi chiziqlar ularning yovvoyi jinsiy xohishlarini amalga oshirish uchun bahona bo‘lgan xolos.
Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"