
Foto: USA Today
Amerika yahudiylarining «Antidiffamatsion liga» nodavlat tashkiloti «okey» belgisini (bosh va ko‘rsatkich barmoqdan iborat xalqa) nafrat qo‘zg‘ovchi va «oq irqning ustunligi»ni ifodalovchi ramz deya tan oldi. Bu haqda CBC News xabar berdi.
«Biz huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik ushbu tasvirlarning ahamiyati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz. Bu jamiyatda yoki maktabda nafratlanuvchilarning mavjudligi haqida birinchi ogohlantirish belgisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin», — dedi tashkilot rahbarlaridan biri.
Kamsituvchi belgi amerikalik Alt-o‘ngchilarning onlayn harakatida paydo bo‘lgan bo‘lib, «oq tanlilar qudrati» (White power) degan ma’noni anglatardi.
Avvaliga u mem shaklida edi, lekin uning keng tarqalishi raqiblarning keskin reaksiyasiga olib keldi.
Qayd etilishicha, ilgari ushbu belgi Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarda odamlarni otib o‘ldirishda gumon qilinuvchi tomonidan sudda namoyish etilgan.
Amerika YahudiylariOkey BelgisiNafrat Qo‘zg‘ovchiOq IrqKamsituvchi BelgilarHuquqni Muhofaza O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar