
Foto: «UNIAN»
Ukrainaning Chernovsi shahrida 28 sentyabr, shanba kuniga o‘tar kechasi Siam egizaklari tug‘ilgani qayd etildi. Bu haqda «UNIAN» xabar bermoqda.
Shifokorlarga ko‘ra, qizlar bir tana va ikki boshga ega. Ularning onasi uchun bu birinchi homiladorlik bo‘lgan.
Ayol homiladorlik chog‘ida Siam egizaklarini dunyoga keltirishi aniqlangan, biroq u homilasini oldirib tashlashdan voz kechgan.
Tug‘ruqlar erta — homila 33 haftaligida boshlangan. Hozirda Siam egizaklari tug‘ruqxonada bo‘lib turibdi, biroq shifokorlar ularni bolalar kasalxonasiga olib o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Siam egizaklari tug‘ilishi nafaqat Ukraina, balki dunyoda ham kamdan-kam uchraydigan hodisa hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar