
Foto: CBS News
AQShning CBS News telekanali 14 sentyabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi — Saudi Aramco ob’ektlariga dronlar yordamida uyushtirilgan qaqshatqich hujum kadrlarini e’lon qildi.
Videokuzatuv kameralaridan olingan roliklarda snaryadlar neft rezervuarlariga qulayotgani va shundan so‘ng zavod hududi alanga bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Oldin bu kadrlar e’lon qilinmagandi.
Kanal bu kadrlarni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondan olingan intervyu bilan to‘ldirdi. Unda shahzoda hujum maqsadini Eron rasmiylarining «ahmoqligi» bilan izohlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar