Foto: AP
Xitoy yetakchisi Si Szinpin respublika tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda dunyodagi birorta davlat xitoy millatining rivojlanishini to‘xtata olmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
«Dunyoda ushbu buyuk davlatning asosini qimirlata oladigan birorta kuch mavjud emas. Hech qanday kuch xitoy millatining oldinga harakatini to‘xtatib tura olmaydi», — deydi Tyananmen maydonida so‘zga chiqqan Si Szinpin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xitoy xalqi 70 yil ichida o‘z kuch-g‘ayrati sabab muvaffaqiyatga erisha olgan.
Xitoy raisining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tinchlik yo‘lida rivojlantish va ochiqlik siyosatini davom ettiradi. Shu bilan birga Si Szinpin Xitoy armiyasi va qurolli politsiyasi mamlakat suvereniteti va manfaatlarini qat’iy himoya qilishini ma’lum qildi.
Xitoy Xalq Respublikasiga 1949 yilning 1 oktyabrida asos solingan. Bugun ushbu sanaga 70 yil to‘lishi munosabati bilan Pekinda tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi