Nyu-York hukumati muhojirlik hamda milliy kelib chiqish bo‘yicha diskriminatsiyaga barham berish borasida yangi qoidalarni tasdiqladi.
Yangi qoidalar jamoat joylarida xodimlar, ish beruvchilar, shuningdek, uy-joyni ijaraga beruvchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Yangi qoidaga ko‘ra, diskriminatsiyani oldini olish maqsadida «noqonuniy migrant» iborasini ishlatish taqiqlandi.
Shuningdek endi mehmonxona xodimlariga o‘z ona tilida gaplashishni taqiqlash, kvartira egalarining unda yashovchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqanda migratsiya xizmatiga shikoyat qilish bilan tahdid qilishi yoki biror bir vaziyatda «ingliz tilida gapirish yoki o‘z yurtiga ketish»ni talab qilish diskriminatsiya deb hisoblanadi.
Qayd etilishicha, yangi reglamentni buzganlar 250 ming dollargacha jarimaga tortiladi. Nyu-Yorkda qariyb 3,2 million aholi AQShdan tashqarida tug‘ilgan bo‘lib, ularning yarmi Amerika fuqarolari emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi