Foto: «Regnum»
Shotlandiya bolalarga tarsaki tushirish taqiqi kiritiladigan Qo‘shma Qirollik tarkibidagi birinchi hududga aylandi.
Qonun loyihasini regional parlamentda 84 kishi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 29 kishi qarshi chiqdi. Qonun Qirol sanksiyasidan so‘ng bir yil o‘tib kuchga kiradi.
Qonun loyihasini kiritgan Shotlandiya yashillar partiyasi a’zosi Jon Finnining ta’kidlashicha, bu qat’iy va dadil qadamlardan biri sanalib, bolalar ham xuddi kattalar kabi zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqiga ega bo‘lishi kerak.
Buyuk Britaniyada ota-onalar intizom o‘rnatish maqsadida bolalarga tarsaki tushirishi mumkin, biroq maktablarda jismoniy jazolash bundan mustasno. Taqiq tomonning fikricha, bola o‘zini himoya qilolmaydigan qaltis vaziyatga tushib qoladi. Qarshilar esa, aksincha, ko‘pgina ota-onalar farzandlarini itoat qildirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini aytishmoqda.
Rossiyada Ural ombudsmeni tarsaki zo‘ravonlik emas, bolaning xatosiga ishora hisoblanadi, deya ta’kidlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi