Foto: «Politico»
Donald Tramp CNN telekanali va boshqa Amerika OAVlarini Qo‘shma Shtatlar haqida berayotgan xabarlari uchun tanqid qildi va butunlay yangi formatdagi OAV yaratish taklifini ilgari surdi. Oq uy saytida keltirilgan stenogrammaga ko‘ra, qolaversa, «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi» ham o‘z vazifasini uddalay olmayapti.
Prezident xorijga safarlarida unga tinmay Amerika OAVlari o‘z mamlakatini yomon ko‘rishlari haqida gapirishlarini aytdi.
«Bu sharmandalik», — dedi Tramp. «Bilasizmi, CNN Qo‘shma Shtatlardan ham ko‘ra, xorijda bizga ko‘proq kerak. Siz bu yerda ko‘rayotgan ko‘p narsalar butun dunyoga uzatilyapti. Ilgari bizda «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi» bor edi. Biz buni o‘z mamlakatimizni ko‘rsatish uchun qilganmiz», — qo‘shimcha qildi Tramp hozirgi paytda chet elga translyatsiyalar ahvoli qoniqarli emasligini ta’kidlarkan.
Trampning fikricha, CNNning AQShga katta zarari tegmoqda, shuning uchun ham mamlakat «haqiqiy yangiliklar» uzatuvchi yangi OAVni yaratishi zarur. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?