Foto: «Psinom»
Janubiy Afrikalik bir guruh olimlar 12,8 ming yil muqaddam Yerga kometa yoki asteroid urilgan degan taxminni tasdiqlovchi dalilni topishdi. Halokat iqlim o‘zgarishiga va hayvonlarning ko‘plab turlari qirilib ketishiga olib kelgan. Bu haqda «Phys.org» press-reliziga tayanib «Rambler» xabar bergan.
Tadqiqotchilar Limpopo provinsiyasida (JAR) torfli joydan olingan jins namunalarini tahlil qilishdi. Ular osmon jinslari tarkibida bo‘luvchi platinaning ham yuqori konsentratsiyasini aniqlashdi. Bu yerga kosmik ob’ekt — kometa yoki asteroid urilganini yana bir bor tasdiqlaydi. U Shimoliy Grenlandiyaga tushgan bo‘lishi mumkin. U yerda Gayavata muzliklari ostida diametri 31 kilometr va yoshi 12,8 ming yilga teng krater borligi aniqlangan.
Gipotezaga ko‘ra, osmon jinsining qulashi kechki driasda (mil.avv. 10 730 — 9700 y) vaqtincha sovuq tushishi bilan bog‘liq. Sayyoramiz atmosferasini chang va qurum qoplashi iqlim o‘zgarishini keltirib chiqargan. O‘sha davrga oid jinsda yuqori platina konsentratsiyasi, shuningdek, Grenlandiya, Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Meksika va Chilida topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi