
Rossiyaning Kaliningrad shahrida Federal xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari tomonidan taʼmagirlikda ayblanayotgan kishilar guruhini qoʻlga olish operatsiyasi amalga oshirildi. Operatsiya aks etgan video “Klops” nashri tomonidan eʼlon qilingan.
Operatsiya Kaliningrad biznes markazi oldida amalga oshirilgan. Videoda yoʻlning qatnov qismida turgan oq rangli yengil avtomobilning yoʻlini mikroavtobus toʻsganini koʻrish mumkin. Mikroavtobusdan maxsus boʻlinma xodimlari tushib kelib, yengil avtomobilni oʻrab olgan va uning ichidan gumonlanuvchilarni chiqarib, ularni yerga yotqizgan.
Qoʻlga olingan kishilardan ikkita toʻpponcha va soxta granatalar topilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar