Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi AQSh yil oxirigacha “dushmanona siyosat”dan voz kechib, yadroviysizlash bo‘yicha real yechimlar taklif qilmasa, Pxenyan muzokaralarni davom ettirmasligini aytdi.
“Biz AQSh yana o‘zining eski harakatlar rejasini yangi kelishuvsiz, yangi hisob-kitob usulisiz suqishtirsa, unda davlatlarimiz orasidagi kelishuvga chek qo‘yishimiz mumkinligini tushuntirdik. Buning uchun oxirgi muhlat joriy yil oxirigacha”, deyilgan vazirlik bayonotida.
Shimoliy Koreyaning Kim Myon Gil boshchiligidagi delegatsiyasi Stokholmda Stiven Bigan boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Biroq shimoliy koreyalik diplomatlr muzokaralar yakunlanishini kutib o‘tirmay, uchrashuv joyini tark etishgan. Keyinroq Shimoliy Koreya vakili AQSh bilan muzokaralar barbod bo‘lganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, “AQSh Shimoliy Koreya talablarini hisobga olmay, uchrashuvga quruq qo‘l bilan kelgan” va shu ishi bilan muzokaralar o‘tkazishga barcha intilishni yo‘qqa chiqargan.
Shuningdek, Shimoliy Koreya AQShning muzokaralarga yondashuvidan chuqur afsuslanish bildirgan va Vashingtonning sermahsul muzokaralar o‘tgani haqidagi bayonoti yolg‘on ekanini va jamoatchilikni chalg‘itishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”