
Butun dunyoga epidemiya tarqalishi kabi global halokatlar paytida eng xavfsiz bo‘ladigan davlatlar reytingi tuzildi. Bu haqda Science Alert jurnali ma’lumotlariga asoslanib Sof.uz xabar beradi.
Avstraliya, Yangi Zelandiya va Islandiya ro‘yxatning boshida turibdi. Ular global falokat paytida ko‘proq omon qolish imkoniyatiga ega.
Mutaxassislar fikricha, tirik qolish imkoniyati past bo‘lgan mamlakatlar sirasiga Yaponiya, Barbados, Kuba, Fiji va Yamayka kiradi.
Mutaxassislar ba’zi davlatlar resurslari miqdorini oshiradigan bo‘lsa, o‘z pozitsiyalarini yaxshilashi mumkinligini, boshqa davlatlar siyosiy beqarorlik yoki ekologik muammolarga duchor bo‘lishi sababli «qolib ketish» xavfida ekanini ta’kidlamoqda.
Tadqiqotda aholining xususiyatlari, mamlakatlarning joylashishi, tabiiy resurslarning mavjudligi, shuningdek siyosiy va ijtimoiy xususiyatlar hisobga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar