
Foto: «Rossiyskaya gazeta»
Rossiya rubli joriy yilda dunyoning yetakchi valyutalari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi Daryo nashri.
Yil boshidan beri rubl dollarga nisbatan 7,4 foizga qimmatladi. Isroil shekeli 7,2 foiz bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
Reytingning keyingi o‘rinlaridan ancha tafovut bilan Yaponiya yenasi (2,7 foiz), Kanada dollari (2,4 foiz) va Indoneziya rupiysi (1,63 foiz) o‘rin olgan.
Dunyoning yetakchi valyutalari ro‘yxatida oxirgi o‘rinni Shveysariya franki egallagan.
Tahlilchilar rublning dollarga nisbatan kursi AQSh Federal zaxira tizimi qayta moliyalashtirish stavkasini kamaytirishi yoki yo‘qligiga qarab o‘zgarishini taxmin qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar