Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya shimoli-sharqida «Tinchlik bulog‘i» deb nomlangan harbiy amaliyot o‘tkazayotgan Turkiyaga qarshi yirik sanksiyalar qo‘llashga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
«Men senator Lindsi Grem va kongressning boshqa ko‘plab a’zolari bilan, jumladan demokratlar bilan Turkiyaga qarshi kuchli sanksiyalar qo‘llash ustida ish olib boryapman. Moliya vazirligi ish boshlashga tayyor, qo‘shimcha qonun talab qilinishi mumkin. Bizda bu borada kelishuv bor. Turkiya bunday qilmaslikni so‘ragan. Kuting!», deya yozgan Tramp tvitterida.
9 sentyabr kuni Turkiya Suriya shimolidagi kurdlarni janubga surib tashlash uchun «Tinchlik bulog‘i» nomini olgan harbiy amaliyot boshlagandi.
Bundan avvalroq Pentagon rahbari Mark Esper Turkiya Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar bilan telefon orqali muloqot chog‘ida mazkur amaliyotni to‘xtatishni so‘ragandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa jahonning ko‘plab davlatlari talab qilayotganiga qaramay ushbu amaliyot to‘xtatilmasligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”