16 oktyabr kuni yana bir ulkan asteroid bizning sayyoramiz yonidan uchib o‘tib ketdi. Bu haqida «Mirror» yozmoqda.
«2019 SR8» deb nomlangan asteroidning diametri 20x44 metrga teng. Hisob-kitoblarga qaraganda, bu kosmik jismning kattaligi Londonning Nelson ustuniga teng keladi. Asteroid soatiga 22 ming milya tezlikda va uch million kilometr uzoqlikda Yer yaqinidan o‘tib ketgan.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni beshta asteroid Yerga yaqinlashishi kutilmoqda.
Kutilayotgan asteroidlarning eng kattasi, «2019 TM7» diametri 95 metrgacha keladi, bu Londondagi Big Ben minorasining hajmi bilan barobar degani.
Hozirgi vaqtda NASA 140 metr yoki undan katta bo‘lgan asteroidlarning 90 foizini aniqlash va kuzatish uchun harakat qilmoqda. Ushbu o‘lchamdagi kosmik qoyalar Yerga shikast yetkazishi va hatto butun mamlakatlarni yo‘q qilishi mumkin, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas