London poytaxti markazida o‘n minglab kishilar Brexit’ga qarshi norozilik yurishi o‘tkazmoqda. Qatnashchilar Britaniya parlamenti tomon harakatlanmoqda.
OAV xabariga ko‘ra, Yevroittifoq bilan Brexit bo‘yicha kelishuv muhokama qilinadigan Vestminster saroyi binosi oldidagi maydon namoyishchilarning so‘nggi manzili bo‘ladi. Faollar parlament oldida qirollikning Yevroittifoqdan ajralib chiqishiga qarshi nutqlar so‘zlashi rejalashtirilgan.
Norozilik yurishlarini People's Vote tashkiloti uyushtirgan. Tashkilotning maqsadi mamlakatning YeIga a’zoligi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazishdir.
Avvalroq People's Vote 19 oktyabr kuni shahar ko‘chalariga bir milliondan ortiq kishini chiqarishni maqsad qilganini bildirgandi.
19 oktyabr kuni oqshomda Britaniya parlamenti jamoatchilik palatasida YeI bilan Brexit bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi