Rikardni bir nechta mashhur ommaviy axborot vositalari "dunyodagi eng baxtli odam" deb tan olishgan. Metyu Rikard Viskonsin-Madison universitetida baxt mavzusida o‘tkazilgan tadqiqotda ko‘ngilli bo‘lib qatnashgan va uning baxt koeffitsiyenti qolgan yuzlab qatnashchilarnikidan ancha yuqori bo‘lgan.
Metyu Rikard Nepalda 1946 yil 15 fevralda tug‘ilgan. U fransuz yozuvchisi, fotograf, tarjimon va Nepaldagi Shechen Tennyi Dargeling monastirida yashaydigan buddist rohib hisoblanadi.
Metyu Rikard fransuz ziyoli shaxslari va ularning g‘oyalari ta’sirida o‘sgan. 1972 yilda u Pasteur Institutidan molekulyar genetika sohasi bo‘yicha fan doktori ilmiy unvonini olgan. Keyin u ilmiy karerasini tark etishga, asosan Himoloy tog‘larida yashashga va Tibet buddizmiga amal qilishga qaror qildi.
Rikard Idrok va hayot institutining boshqaruv a’zosidir. Karuna-Shechen bilan amalga oshirgan Sharqdagi insonparvarlik faoliyati uchun u Fransiya milliy mukofotiga sazovor bo‘lgan, ushbu faoliyati mobaynida u 2000 yilda Rabjam Rinpoche bilan birgalikda notijorat tashkilot tuzgan. 1989 yildan beri u Dalay Lama Kengashi uchun fransuz tilidan tarjimon bo‘lib ishlaydi.
Keyinchalik Rikard Hindistonga borib, u yerda Himolayda Kangyur Rinpoche va boshqa shu sekta ulamolari bilan birga tahsil oldi. Rinpoche Tibet buddizmining yetakchi ustozlaridan edi. Rinpoche vafotiga qadar u Dilgo Xentse Rinpochening eng ishonchli shogirdi va yaqin do‘sti bo‘lib kelgan. O‘shandan beri Rikard o‘z umrini Xentse Rinpochening yo‘lini davom ettirishga bag‘ishladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi